«prezident tabrigi» tegli maqolalar


“Davlat tili taraqqiyotini boshqa millat vakillarining tili va madaniyatini rivojlantirish bilan bog‘liq holda ko‘ramiz” — prezident
21 oktabr 2023, 20:42

“Davlat tili taraqqiyotini boshqa millat vakillarining tili va madaniyatini rivojlantirish bilan bog‘liq holda ko‘ramiz” — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini O‘zbek tili bayrami bilan tabrikladi. Davlat tilini rivojlantirish boshqa tillar va madaniyatlar rivoji bilan uyg‘unlikda ko‘rib chiqilishini ta’kidladi. Shuningdek, u lotinchadagi alifboni takomillashtirishda jamoatchilik fikrini inobatga olish zarurligini qayd etdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi
27 iyun 2023, 19:50

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat xalqini Qurbon hayiti bayrami bilan tabrikladi. Shu bilan birga, davlat rahbari dunyoning boshqa hududlaridagi musulmonlarga ham o‘z tabriklarini yo‘llab, ularning mamlakatlari va xalqlariga tinchlik va taraqqiyot tiladi.

«Oilada bir nafar qiz o‘qib, oliy ma’lumotga ega bo‘lsa, xonadondagi muhit butunlay o‘zgaradi» — prezident
7 mart 2023, 20:23

«Oilada bir nafar qiz o‘qib, oliy ma’lumotga ega bo‘lsa, xonadondagi muhit butunlay o‘zgaradi» — prezident

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ayollarni ushbu bayram bilan tabrikladi. «Oilada bir nafar qiz o‘qib, oliy ma’lumotga, zamonaviy kasb-hunarga ega bo‘lsa, xonadondagi muhit butunlay o‘zgaradi», — dedi u o‘z nutqida.

«Kasaba uyushmalari hech qachon o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan» — prezident
11 noyabr 2022, 22:04

«Kasaba uyushmalari hech qachon o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan» — prezident

Bundan buyon ham doimiy qo‘llab-quvvatlash asnosida ishchi va xizmatchilarning mehnat huquqlarini ta’minlash va ularning ish haqi miqdorini oshirib borish bo‘yicha barcha imkoniyatlar safarbar etiladi, deya ta’kidladi prezident Shavkat Mirziyoyev. Kasaba uyushmalari kunida Toshkentda Kasaba uyushmalari saroyi ochildi.

Prezident ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi
30 sentabr 2022, 11:05

Prezident ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston pedagoglariga 1 oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi. «Ilm-fan sohasi xodimlari uchun munosib sharoit yaratish, ularning mashaqqatli mehnatini rag‘batlantirish, moddiy ta’minotini yaxshilash borasidagi ishlar yangi bosqichga ko‘tariladi», — dedi u.

«Yangi O‘zbekiston deganda, har bir fuqarosi uchun g‘amxo‘rlik qiladigan, ochiq va adolatli jamiyat ham tushuniladi» — prezident
31 avgust 2022, 20:55

«Yangi O‘zbekiston deganda, har bir fuqarosi uchun g‘amxo‘rlik qiladigan, ochiq va adolatli jamiyat ham tushuniladi» — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi. U Yangi O‘zbekiston deganda har bir fuqarosi uchun g‘amxo‘rlik qiladigan, ochiq va adolatli jamiyat tushunilishini ta’kidladi. Shuningdek, 2026 yilgacha Taraqqiyot strategiyasi doirasida 5 ta asosiy vazifani belgilab berdi.

Shavkat Mirziyoyev Emmanuel Makronni prezidentlik saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi
25 aprel 2022, 15:39

Shavkat Mirziyoyev Emmanuel Makronni prezidentlik saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya prezidenti Emmanuel Makronni mamlakatda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi.

“Har bir tashkilotda kasaba uyushmasi faoliyat ko‘rsatishi shart”. Prezident soha xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi
11 noyabr 2021, 11:54

“Har bir tashkilotda kasaba uyushmasi faoliyat ko‘rsatishi shart”. Prezident soha xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ilk bor nishonlanayotgan 11 noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan soha hodimlariga tabrik maktubi yo‘lladi. Maktubda so‘nggi 5 yilda tizimda amalga oshirilgan islohotlar bilan birga kelgusidagi ustuvor vazifalar ham tilga olingan. Jumladan, davlat rahbari har qaysi korxona yoki tashkilotda albatta kasaba uyushmasi faoliyat ko‘rsatishi va rahbarlar ular bilan yaqin hamkorlikda ish olib borishi shart ekanligini ta’kidladi.

Prezident o‘zbek tiliga qiziqishni kuchaytirish uchun kuchlarni safarbar etishga chaqirdi
20 oktabr 2021, 22:06

Prezident o‘zbek tiliga qiziqishni kuchaytirish uchun kuchlarni safarbar etishga chaqirdi

Shavkat Mirziyoyev o‘zbek tili bayrami munosabati bilan tabrigida «Vatanimizda yashayotgan barcha fuqarolarimiz uchun aziz va qadrli tilga aylanishi uchun barcha kuch va imkoniyatlarni safarbar etish»ga chaqirdi. Mamlakatda yashayotgan turli millat vakillari va chet elliklar uchun maxsus darslik, lug‘at va qo‘llanmalar, video va audiomateriallar hajmini oshirish bo‘yicha ishlarni yanada kuchaytirish zarur, dedi u.

Prezident OAVga bosim o‘tkazgan amaldorlar uchun javobgarlikni kuchaytirishni taklif qildi
26 iyun 2021, 23:42

Prezident OAVga bosim o‘tkazgan amaldorlar uchun javobgarlikni kuchaytirishni taklif qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrigida milliy jurnalistika turli sinov va qiyinchliklarga duch kelayotganini ta’kidladi. Davlat rahbari senzura o‘rnatish, OAV faoliyatiga noqonuniy aralashish, tahririyat xodimlariga bosim va tazyiq o‘tkazish va boshqalar uchun javobgarlikni kuchaytirishni taklif qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting